O‘zbekistonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 12% gacha kengaytiriladi
O‘zbekistonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 12% gacha kengaytiriladi. Bu haqda AOKAda o'tkazilgan matbuot anjumanidaEkologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Farrux Xurramov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2019-2028 yillarda O‘zbekistonda biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasiningi asosiy maqsadi biologik xilma-xillik Konvensiyasi talablarini amalga oshirishdan iborat. Strategiya 9 ta bobdan iborat bo‘lib, 2 ta asosiy bosqichda amalga oshiriladi. Jumladan:
- 2019-2023 yillarda bioxilma-xillikka oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini shakllantirish;
- 2024-2028 yillarda atrof-muhit muhofazasi, bioxilma-xillikni saqlash masalalari bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichlarga erishish;
Shuningdek, Strategiyada 2028 yilgacha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarimiz hajmini 12% gacha kengaytirish masalasi ham ko‘zda tutilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42608 | Инструменты