Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar tomonidan kredit sohasidagi munosabatlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasi bilan jismoniy shaxs o‘zining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimini rasmiylashtirish bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olish maqsadida kredit byurosiga ariza kiritish orqali u bilan kredit bitimini tuzishni taqiqlashi mumkin bo‘ladi.
Majlisda deputatlar tomonidan mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarning xabarisiz kreditlarni ularning nomiga rasmiylashtirish va mazkur kreditlarni o‘zlashtirish holatlarining oldini olishga, shuningdek, kredit byurolari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Qonun loyihasi deputatlar birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121223 | Инструменты