Huawei 1
O‘zbekistonda Paypal, Apple Pay va Google Pay ishga tushishi kutilmoqda

O‘zbekistonda Paypal, Apple Pay va Google Pay yil oxirigacha ishga tushishi kerak. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining turizmning yangi turlarini joriy qilish to‘g‘risidagi qarorida aks etgan.

Unga ko‘ra, 2024-yil yakuniga qadar Markaziy bankka Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi bilan birgalikda xalqaro onlayn to‘lov kompaniyalari (Paypal, Alipay, UniPay, Apple Pay, Google Pay kabi) bilan muzokara o‘tkazib ushbu vositalarni O‘zbekistondagi to‘lov tizimlari va bank xizmatlariga ulashni yo‘lga qo‘yish topshirilgan.

Shuningdek, zarur hollarda, bu uchun Hukumatga milliy qonunchilik talablarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish ham mumkin.

Ma’lumot uchun, PayPal — bu xalqaro to‘lov tizimi bo‘lib, AQShning PayPal Holdings Inc kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan. Tashkiliy-huquqiy shakli jihatidan ochiq aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi va aksiyalari NASDAQ birjasida savdo qilinadi. PayPal to‘lov tizimi O‘zbekistonda tegishli bo‘linma ochib, milliy valyuta — so‘mda to‘lovlar va amaliyotlarni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, u holda amaldagi qonunchilikka ko‘ra, kompaniya Markaziy bankdan tegishli litsenziya olishi va o‘rnatilgan tartibda nazorat va kuzatuv ostida bo‘lishi talab qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100600 | Инструменты