Huawei 2
O‘zbekistonda shahvoniy shilqimlik uchun yil boshidan beri 318 kishi sudlangani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2024-yilning 1-choragida shahvoniy shilqimlik qilgani uchun 318 kishi ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi bilan aybdor deb topilgan ushbu shaxlarning 97 nafariga jarima jazosi, 221 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan 4 343 kishi ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 2 344 nafariga jarima jazosi, 1 999 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi berilgan.

Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) bilan 134 kishi sudlanib, ularning 51 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 83 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Jinoyat kodeksining 141-3-moddasi (shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish) bilan 40 nafar shaxs sudlanib, ularning 13 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 27 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga