Huawei 1
O‘zbekistonda tashlab yuborilayotgan biomassadan foydalanish orqali kogeneratsiya loyihalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko'rib chiqildi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i Ilhom Nimatullayev va Koreya Energetika Agentligi ijrochi direktori Kim Sung Wan boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Hyundai Power Systems, Quantum Solution, Aquapro hamda KEC System kompaniyalari vakillari ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda tashlab yuborilayotgan biomassadan foydalanish orqali kogeneratsiya loyihalarini rivojlantirish imkoniyatlari, texnologik hamkorlik istiqbollari hamda Toshkent shahrida o‘tkazilgan "Energy Value Networks Forum" natijalari muhokama qilindi.

Biomassa asosidagi pilot loyiha Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri yaqinidagi hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uni 2030-yilga qadar yakunlash mo‘ljallanmoqda.

Shuningdek, Koreya Energetika Agentligi tomonidan joriy yilda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarida "Oʻzenergoinspeksiya" xodimlarining ishtirokini faollashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandum imzolanishi bo‘yicha takliflar ham muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi energetika sohasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan davomiy muloqotning navbatdagi bosqichi bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60602 | Инструменты