Huawei 1
O‘zbekistonda yangi ish haftasi davomida issiq bo‘lishi kutilmoqda

Yangi ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Havo harorati ko‘tarilishda davom etadi. Dushanba kuni respublika hududining katta qismida kunduzgi harorat +30…+35 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +38 darajagacha bo‘ladi. Hafta o‘rtasiga kelib, havo +36…+39 darajagacha, janubda +42 darajagacha isiydi.

O‘zbekiston shimolida dushanba va seshanbada harorat +38…+40 daraja bo‘lishi kutilmoqda, chorshanba kunidan esa haroratning +32…+37 darajagacha asta-sekin pasayishi boshlanadi.

3–4 iyun kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 5 iyunda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.

Harorat dushanba kuni +30…+32 daraja, seshanba kuni +33…+35 daraja, chorshanba va payshanba kunlari +35…+38 daraja bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60602 | Инструменты