Prezidentning 2024 yil 19 mart kuni “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatiga tashriflari davomida bergan bir qator topshiriqlari doirasida zavod 2024-2025 yillarda “Yangi O‘zbekiston” timsoli ko‘rinishidagi zamonaviy dizaynga ega yangi yo‘lovchi vagonlarini ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘ydi.
Uzunligi 26 metrlik 61-950 va 61-951 modeldagi yangi kupe va plaskart yo‘lovchi vagonlari qulay va keng kupeli yotoq javonlari, har bir kupega alohida havo haroratini boshqarish pulti, moʻtadil haroratni nazorat qiluvchi qurilmalar, zamonaviy elektr suv qaynatgich, mobil telefonlarni quvvatlash moslamalari, ekologik toza hojatxonalar, yo‘lovchilarning xotirjamligini taʼminlash uchun videokuzatuv moslamalari va boshqa qulayliklar bilan jihozlangan.
Shuningdek, “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatida tayyorlangan12 ta vagondan iborat yangi “dizel poyezd” qisqa muddatlarda o‘zlashtirilib, Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida yo‘lga qo‘yildi. Ushbu poyezd zamonaviy o‘rindiqlar bilan jihozlangan bo‘lib, tarkibida 2 ta VIP, 4 ta biznes, 4 ta ekonom klassdagi vagonlar, 1 ta restoran vagon hamda tarkibni quvvatlash uchun 1 ta dizel vagonidan tashkil topgan.
– 2024 yildan boshlab zavodimizda yangi va zamonaviy yo‘lovchi vagonlarining o‘ziga xos turlarini ishlabchiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mamlakatimiz temiryo‘llariga yetkazib berilmoqda, – deydi jamiyatning ishlab chiqarish direktori B. Eshmurodov – Zavodda avvallari 24 metrlik yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, hozirda 26 metrlik yo‘lovchi vagonlari tayyorlanmoqda. Davlatimiz rahbarining tashrifi yakunlari bo‘yicha yangi ko‘rinishdagi vagonlar qurishni tavsiya qilgan edi. Shundan so‘ng biz qisqa fursatda yana-da zamonaviy, ko‘rkam vagonlarni ishlab chiqardik va ayni paytda ushbu vagonlar O‘zbekiston temir yo‘llarida harakatlanmoqda. 2024 yilda 35 ta yo‘lovchi vagonini ishlab chiqarishga erishdik. Joriy yilda esa 70 ta zamonaviy yo‘lovchi vagonini qurish ko‘zda tutilgan. Kelgusida zavodimizda yiliga 100 tagacha vagon ishlabchiqarish rejalashtirilmoqda.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, mazkur poyezdning yo‘lovchi vagonlarida ko‘plab qulayliklar mavjud bo‘lib, yo‘lovchilar yo‘l davomida o‘zlarini qulay his qilishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ushbu dizel poyezdining yana bir afzalligi shundaki, yoz va qishoylarida sovutish hamda isitish tizimlari muntazam uzluksiz ishlaydi, boshqa yo‘lovchi vagonlarida mavjud bo‘lmagan texnologik imkoniyatlar bilan ham to‘liq jihozlangan.
Bundan tashqari, zavodda ishlab chiqarilayotgan har xil turdagi maxsus yo‘lovchi vagonlari qo‘shni davlatlargasotilishi ham yo‘lga qo‘yilgan.