Rossiyaga rus tilini biladigan odamlarning mamlakat an’analarini hurmat qilgan holda ishlash uchun kelishi muhim, dedi Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun do‘st davlatlar bilan ishlash, u yerda rus tilini o‘rganishi uchun sharoit yaratish kerak. Davlat Dumasi spikeri ushbu mavzuda Vazirlar Mahkamasi bilan ham samaraliroq hamkorlik qilish zarurligini qayd etdi.
“Endi biz sizni qabul qilib, hamma narsa bajarildi, deb ayta olmaymiz, bu odam ishlash uchun kelgan mamlakat hududida til o'rganmaganligi sababli ko'p muammolar paydo bo'ladi, bu aniq. U bizning urf-odatlarimiz va madaniyatimizga munosabatda bo'ladi va bundan keyin ham muammolar paydo bo'ladi, biz buni oldini olishimiz kerak ", - dedi u.
Volodinning ushbu fikrlariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov munosabat bildirdi.
“So‘zsiz, Rossiyaga ishga borayotganlar rus tilini bilishlari shart, lekin bu O‘zbekistonda yashayotgan ruslarni o‘zbek tilini bilishlari shart emas degani emas!” deydi Qodirov.
Uning aytishicha, O‘zbekistonda yashayotgan barcha millatli vatandoshlar o‘zbek tilini bilishlari shart.
“Qonunlarimizda bosqichma-bosqich bog‘cha va boshlang‘ich ta’limda boshqa millatli vatandoshlarga o‘z ona tili va qadriyatlarini o‘rganishiga sharoit yaratish bilan bir qatorda, o‘zbek tili majburiy o‘rganadigan til sifatida belgilanishi kerak”, deydi deputat.
Alisher Qodirov o‘zbek tilini bilmaydigan inson nafaqat davlat xizmatida ishlashi, balki davlat xizmatlaridan foydalanishi ham mumkin bo‘lmay qolishiga erishish zarurligini ta’kidlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40423 | Инструменты