22-oktyabr soat 19:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 9 mlrd kVt·soatga yetdi.
Bu Prezident tomonidan 2023-yil 20-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi hamda 2025-yil 23-sentyabr kuni Nyu-York shahridagi BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida belgilab berilgan strategik vazifalar – iqtisodiyotni iqlim o‘zgarishlariga moslashtirish, uglerod neytralligiga erishish va “yashil” energetika ulushini keskin oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning yorqin ifodasidir.
Bugungi kunda mamlakatimizda umumiy quvvati 4 682 megavatt bo‘lgan 12 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va 5 ta shamol elektr stansiyasi ishlab turibdi.
“Yashil” energiya hisobidan:
- 2 mlrd 730 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi;
- Atmosferaga chiqishi mumkin bo‘lgan 4 mln tonna zararli moddalar oldi olindi.
Yana bir muhim ko‘rsatkich, joriy yil boshidan 22-oktyabr soat 19:00 holatigacha O‘zbekistondagi barcha gidroelektr, quyosh va shamol stansiyalari jami 14 mlrd 520 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Bu – mamlakatimizdagi umumiy generatsiyaning 23 % ini “yashil energiya” tashkil etayotganini anglatadi.
Bu esa 7,5 mln xonadonning 10 oylik yoki 6 mln xonadonning bir yillik elektr ehtiyojiga teng.
Eslatib o‘tamiz, bundan 29 kun avval, ya’ni 23-sentyabr kuni soat 14:00 da O'zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energisi 8 mlrd kVt·soatni tashkil etgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102318 | Инструменты