Bunday yo‘llar respublika bo‘yicha 19 tani tashkil qildi
Yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini o‘rganish markazi boshlig‘i Mashrab Razzoqov davlat ahamiyatidagi yo‘llarda YTH “o‘choqlari”ni nomma-nom sanadi.
Mashrab Razzoqovning aytishicha, agar yo‘lning 1 km masofasida 2 va undan ortiq YTHlar sodir bo‘lsa, bu yo‘l xavfli yo‘l hisoblanadi.
O‘zbekistonda 19 ta shunday yo‘llar mavjud.
Razzoqov ularning ayrimlarini sanab o‘tdi:
— Andijon viloyati Asaka tumani “Beruniy” MFYdagi Farg‘ona xalqa yo‘li;
— Buxoro shahri “Chinboy” MFYdagi Gʻuzor-Buxara-Nukus yo‘lining 218 kilometri;
— Buxoro tumani “Bog‘ikalon” MFYdagi Samarqand-Buxoro-Turkmanbashi-Samarkand yo‘lining 253 kilometri;
— Sharof Rashidov tumani “Kuyovboshi” MFYdagi Jizzax-Forish yo‘lining 8 kilometri;
— Jizzax shahridan o‘tuvchi Uchtepa avtomobil yo‘lining 10-17 kilometri;
— Qarshi shahri "Shayxali" MFY, “Gʻuzor-Nukus-Beynau” avtomobil yo‘lining 62 kilometri;
— Navoiy viloyati Karmanin tumani “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 163 kilometri;
— Sirdaryo tumani Baxt shahri “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘lining 94 kilometri;
— Surxondaryo viloyati Sherobod tumani “Qo‘rg‘on” MFYdagi Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz aylanma yo‘lining 1399 kilometri;
— Chinoz tumanidagi Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining 858-859 kilometri;
— Qoraqalpog‘iston Nukus-Chimboy avtomobil yo‘lining 6 km kilometri;
— Nukus tumani "Samanboy ovul" MFYdan o‘tgan yo‘l;
— Jo‘jayli tumani "Samankol ovul" MFYdan o‘tgan yo‘l;
— Kegeyli tumani “Kushungul” mahallasi Nukus-Chimboy -Taxtako‘prik avtomobil yo‘lining 42 km kilometri.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60612 | Инструменты