Huawei 1
O‘zbekistondan Germaniyaga "Work and travel" uchun borgan 102 nafar talaba sarson bo'lgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh O‘zbekiston fuqarolarining Germaniyaga borib, qiyin ahvolda qolgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.

Dastlabki o‘rganishlar natijasida maʼlum bo‘lishicha, "Turon World Cooperation Xususiy Bandlik Agentligi" MCHJ vakillari o‘zlariga tanish bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda 2023-yilning may-iyun oylarida "Work and travel" dasturi orqali Germaniyaga 102 nafar talabani jo‘natgan. Ammo Germaniyaga yetib borgan talabalarni ish bilan taʼminlashda muammolar yuzaga kelgan.

Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari boshlangan, vaziyatga huquqiy baho berish uchun huquq-tartibot idoralariga murojaat qilinadi va natijasi haqida qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

"Shu o‘rinda fuqarolarni xorijga ishga jalb qilish bilan shug‘ullanish litsenziya talab etadigan faoliyat turi hisoblanishini eslatib o‘tamiz. Bugungi kunda 9 ta xususiy bandlik agentligi litsenziyaga ega",-deyiladi munosabatda.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning “NoVo Agency” tashkiloti hamkorligida "Work and travel" dasturi doirasida joriy yilda 310 nafar talaba Germaniyaga yetib borib, ishga joylashgan va yana 39 nafarining viza olishi kutilmoqda. 

Ushbu talabalar tomonidan bugungi kunga qadar murojaat kelib tushmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102207 | Инструменты