Huawei 1
O‘zbekistondan Xitoyga aviaqatnovlar ko‘paytiriladi

Toshkentda Turizm qo‘mitasi, O‘zbekistonning “Prestige Travel” kompaniyasi va Xitoyning “Hainan Weidu international travel CO LTD” kompaniyalari tashabbusi bilan biznes-forum tashkil etildi.

Unda qayd etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kelgusida O‘zbekistondan Xitoyning Xaynan provinsiyasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi.  

Tomonlar aviaqatnovlarni joriy yilning iyun oyidan boshlab haftasiga bir marotaba, keyinchalik 3 marotaba oshirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Tadbirda qayd etilishicha, mamlakatimiz aholisi uchun hamyonbop tur-paketlar ishlab chiqish va ularning sifatli sayohatlarini tashkil etish hamda Xitoydan O‘zbekistonga kirib keluvchi sayyohlar sonini keskin ko‘paytirish maqsadida yangi loyihalar ustida ish olib borilmoqda.

"O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida turizm sohasida yo‘lga qo‘yilayotgan ikki tomonlama munosabatlar alohida ahamiyatga ega. Xitoyda  O‘zbekistonning tarixiy maskanlari, boy madaniy merosi va go‘zal tabiati bilan yaqindan tanishish maqsadida bo‘lganlar soni ortib borayotganini alohida qayd etishim lozim. Bu esa ikki tomonlama sayyohlar almashinuvida manfaatlidir", - deydi “Hainan Weidu international travel CO LTD” kompaniyasi rahbari He Jin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga