O‘zbekistonga Qurʼonning qadimiy nusxasidan parchalar olib kelinadi

O‘zbekistonga Temuriylar va Usmoniylar davridan qolgan qadimiy Qurʼon nusxalaridan parchalar olib kelinib, albomga yig‘ilish rejalashtirilmoqda. Bu haqida O‘zbekiston olimlar forumida maʼlum qilindi.

“Buyuk ajdodlar merosi - III Renesans poydevori” forumi doirasida Qurʼoni Karimning dunyodagi va O‘zbekistondagi nodir, bezakli nusxalari loyihasi va uning ilmiy ahamiyati, Islom svilizatsiyasi markazida saqlanayotgan nodir Qurʼon qo‘lyozmalari katologini yaratish, Temuriy Qurʼonning ikkinchi nusxasini yaratish kabi loyihalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “Qurʼoni Karim” zalining ko‘rinishi qanday bo‘lishi haqida 100 dan ziyod takliflar muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70704 | Инструменты