O‘zbekistonlik haydovchilar Yaponiyaga ishga taklif qilinmoqda

Migratsiya agentligi va Yaponiyaning "Proud Partners" kompaniyasi Yaponiyada haydovchilik sohasida ishga taklif qilmoqda. 

Asosiy talab — joriy yil 16-fevralda Toshkent viloyati Angren shahrida boshlanadigan 6-8 oylik bepul o'quv kurslarida ishtirok etishga tayyor bo'lish! (yotoqxona bilan ta'minlanadi)

Ish o'rinlari: 100 ta (Yetkazib beruvchi haydovchi)

Tanlov o'tkazuvchi tashkilot: "Proud Partners" kompaniyasi (28-30-yanvar kunlari onlayn suhbat asosida)

Ish joyi manzili: Yaponiya bo'ylab

Kimlar tanlovda qatnasha oladi:

- B yoki BC toifadagi haydovchilik guvohnomasi bor, 21-35 yosh oralig'idagi, xavfsizlikka e’tiborli, intizomli haydovchilar. Yapon yoki ingliz tilini bilganlarga ustunlik beriladi.

Oylik maosh: 2000 AQSh dollaridan boshlanadi;

Qo‘shimcha ish (overtime): belgilangan ish vaqtidan tashqari ishlangan soatlarda yanada yuqori daromad olish imkoniyati mavjud;

Bonus: ish unumdorligiga qarab yiliga 2 marta moddiy rag’batlantirish;

Maosh oshishi: yiliga 1 marta;

Ish jadvali: Haftada 5 kun, 8 soatdan;

Turar joy: ish beruvchi tomonidan beriladi va  xodim o'z hisobidan oyiga 200 AQSh dollari to‘laydi, qolganini kompaniya qoplab beradi.

Imtiyozlar: Aviabilet xarajatlari qoplanadi, ishchi viza rasmiylashtiriladi (harajat kompensatsiya qilinadi), tibbiy va ijtimoiy sug‘urta bilan ta’minlanadi;

Nomzod hisobidan xarajatlar: ovqatlanishga oyiga 300 AQSh dollari atrofida sarflanadi.

Ro'yxatdan o'tish uchun havola

Murojaat uchun: 1282,  71 202-33-55 (ichki raqam 545, 535 ).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12614 | Инструменты