O‘zbekistonliklar Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya hamda Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekistonliklar Slovakiya, Vengriya, Xorvatiya hamda Rossiyadagi ishlarga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

20 yoshdan 46 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar uchun jami 9,5 mingdan ortiq ish o‘rni mavjud.

Xususan, Slovakiyadagi avtomobil zavodiga 5 ming nafar, ishlab chiqarish zavodlariga 1 ming nafar ishlovchi mutaxassislar taklif qilinmoqda.

Bundan tashqari, 500 nafar elektrik va payvandchilar (sohada 3 yillik tajriba talab etiladi), 550 nafar fura va kara haydovchilari ham qabul qilinadi. Oylik maosh 1000 yevrodan 2400 yevrogachani tashkil etadi.

Qurilish sohasi uchun betonshik, armaturshik, manalitchilar Xorvatiyadagi ishlarga taklif qilinadi. Oylik maosh — $1000dan $2 500gacha.

Vengriya avto ehtiyot qismlari ishlab chiqarish zavodi uchun mutaxassislar, “Samsung” zavodi omborlarida ishlovchi ishchilar hamda Atom elektrostansiyasi qurilishi uchun mutaxasislarni ishga jalb qilmoqda. Oylik maosh — $1000dan $1500gacha

Rossiyadagi qurilish ishlariga 2000 nafar, ishlab chiqarish ishlariga esa 1000 nafar fuqaro qabul qilinadi. Oylik maosh $900dan $2000gachani tashkil etadi.

Mazkur bo‘sh ish o‘rinlari uchun nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40514 | Инструменты