Huawei 2
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di

2024-yil 27-apreldan 28-aprelga o‘tar tunda O‘zbekistonning bir qator tog‘li hududlarida qor yog‘ib o‘tgan.

Jumladan, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida Maydanak observatoriyasi atroflarida, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi yuqori dam olish maskanlarida va Qamchiq dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘lining yuqori qismlarida qor yog‘gan.

O‘zgidrometning xabar berishicha, 27-aprel tunda Qamchiq dovonidagi dengiz sathidan 2,2 ming metr balandlikdagi “Qamchiq” meteorologik stansiyasida va Zomin tog‘larida havo harorati 0 darajagacha tushib ketgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga