“O‘zbekneftegaz” AJ Boshqaruv raisi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasiga rais etib saylandi
Bugun, 8-fevral kuni Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada dastavval federatsiya raisi Andrey Abduhakimovning lavozimidan ozod etish haqidagi arizasi delegatlar tomonidan qanoatlantirildi. Shundan so‘ng, federatsiya rahbarligiga “O‘zbekneftegaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Razzoqovich Abdullayev nomzodi ilgari surildi.
Ishtirokchilar ushbu nomzodni bir ovozdan ma’qullashdi va Mehriddin Abdullayev O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining raisi etib saylandi.
Shuningdek, “O‘zbekneftegaz” AJ Boshqaruv raisi maslahatchisi, boshqaruv apparati rahbari Kamoliddin Usmonov federatsiya raisining umumiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi direktori Akbar Fozilov moliyaviy ishlar bo‘yicha rais o‘rinbosari, Barselona-1992 Olimpiya o‘yinlari chempioni Andrey Abduvaliyev esa sport masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari etib saylanishdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80213 | Инструменты