Huawei 1
“O‘zsuvtaʼminot” BAA kompaniyasi bilan Toshkent shahrining oqova suv tizimini yaxshilash maqsadida memorandum imzoladi

“O‘zsuvtaʼminot” AJ va BAAning “Abu Dhabi Sewerage Services” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Memorandumni “O‘zsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi Sohib Saifnazarov va “Abu Dhabi Sewerage Services” bosh ijrochi direktori Ahmed Аl-Shamsi imzoladilar.Loyihada “Toshkent shahrining oqova suv tizimini yaxshilash” amalga oshirish belgilangan bo'lib, unga ko'ra, Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani “Surum” mahallasida kunlik quvvati 1 million metr kubdan ziyod bo‘lgan zamonaviy oqova suv tozalash inshooti quriladi.

Bu 3-oqova suv nasos stansiyasi, “Bektemir” va “Binokor” oqova suv tozalash inshootlariga kelayotgan oqovalarni o‘zi oqar tarzda inshootga qabul qilish imkoniyatini beradi. Buning natijasida sutkasiga jami 55,4 kVt elektr energiyasi tejalishiga erishiladi.

Yangi oqova suv inshootining birinchi bosqichi yakunlanganidan so‘ng, Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlaridagi 400 mingdan ortiq aholi, korxona va tashkilotlar markazlashgan oqova suv xizmati bilan qamrab olinadi.

Eʼtiborlisi, loyihaning amalga oshirilishi ushbu tumanlardagi sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holat yanada yaxshilanishiga ham olib keladi.

Maʼlumot uchun: “Abu Dhabi Sewerage Services” kompaniyasi 2005-yilda Abu-Dabi amirligidagi barcha turar-joy va aholi punktlaridan oqova suvlarni yig‘ish va tozalash, shuningdek, xo'jaliklarning qattiq va suyuq maishiy chiqindilarini xavfsiz utilizatsiya qilish maqsadida tashkil etilgan. 

ADSSC 2010-yilda “ISO 9001”, “ISO 14001 va “OHSAS 18001” xalqaro sertifikatlarini olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111620 | Инструменты