Ob-havoning o‘zgarishi sabab tezkor xabar e’lon qilindi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati tezkor xabar bilan chiqdi. Unda qor ko‘chish xavfi e’lon qilingan. 

2024-yil 8-14-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

— Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

— Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

— Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

— Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

— Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

— Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40423 | Инструменты