Safety Perceptions Index 2023‘da O‘zbekiston dunyoda 1-o‘rinda qayd etildi.
Yaʼni 5 xil yo‘nalishdagi xavflar orasida odamlar o‘zini eng xavfsiz his qiladigan davlat aynan O‘zbekiston ekani ko‘rsatilgan. Bu esa investorlar va chet ellik sayyohlarning mamlakatga bemalol kelishlari uchun zamin yaratmoqda.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bunga eʼtibor qaratib, “Bu ham oxirgi yillardagi mamlakatimiz uchun eng katta yutuqlardan biri deb bemalol aytsa mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Chet eldagi hamkorlaringizga bu hisobotni yuborib O‘zbekistonga taklif qilaveringlar”, deb yozdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11317 | Инструменты