Huawei 1
Oliy majlis Qonunchilik palatasida “Reklama to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi

Bugun, 28 dekabr kuni Oliy majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi o'z ishini boshladi. Majlisda qonun loyihalarining muhokamasi boshlanib, deputatlar ko‘pdan buyon keng jamoatchilikning e’tiborini tortgan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun loyihasini  ko‘rib chiqmoqdalar.

Qonun loyihasida reklamaning aylanishi sohasida Vazirlar Mahkamasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (reklama sohasidagi vakolatli davlat organi), shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining aniq vakolatlari belgilab qo‘yilmoqda.

Mazkur hujjat  bilan reklama va OAV sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlar uchun ortiqcha byurokratik to‘siqlar hamda ularning faoliyatiga ortiqcha aralashuvlarning oldini olish maqsadida ayrim normalar bekor qilinmoqda.

Majlisda “Reklama to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51508 | Инструменты