Joriy yil 15-iyul kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari 2022-yilda davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum bo’lishicha, davlat dasturining 213-bandida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyatini yanada kengaytirish, bunda bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish belgilangan.
Undan tashqari, qabul parametrini shakllantirish va tasdiqlashni soddalashtirish, ushbu jarayonda oliy ta’lim muassasalari vakolatini kengaytirish bo‘yicha Prezident qarori loyihasini ishlab chiqish belgilangan.
Unga muvofiq 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanishi belgilandi.
Davlat dasturining 217-bandida Namangan viloyatida Ibrat ijod maktabi negizida Chet tillari institutini tashkil etish belgilangan.
Prezidentning 2022-yil 9-iyundagi 275-son qarori bilan Is`hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti faoliyati tashkil etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52621 | Инструменты