Huawei 1
Olmaliqdagi g‘isht zavodi katta hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi

Olmaliq shahridagi "Olmaliq g‘ishtchi" MCHJ 10 kun ichida 5 mingga yaqin xonadonning bir kunlik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Energetika vaziri boshchiligidagi maxsus shtab tomonidan 8-dekabrdan 9-dekabr kuniga o‘tar kechasi Toshkent viloyatidagi yuridik iste’molchilarning tabiiy gazdan foydalanish holati bo‘yicha tungi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Holat yuzasidan barcha hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Olmaliq shahar prokuraturasiga topshirildi. 

Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Buxoroda noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111621 | Инструменты