Huawei 1
Olmazor tumanidagi  omborxonada perekis vodorod moddasi havoga sizib chiqdi

Bugun, Toshkent shahar FVBga Olmazor tumani, Uzumbog‘ ko‘chasida havodan oltin gugurt hidi kelayotganligi haqida xabar kelib tushdi. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda ham bu xabarlar keng tarqaldi.

Xabarga asosan, zudlik bilan Toshkent shahar FVBning Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari aytilgan manzilga yetib bordi.

Birlamchi ma'lumotlarga ko‘ra omborxonada joylashgan sig‘imdan perekis vodorod moddasi ochiq havoga sizib chiqishi kuzatilgan.

Toshkent shahar FVB Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari tomonidan ushbu holat soat 04:00 da to‘liq bartaraf etildi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72115 | Инструменты