"Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilindi.
Qonundagi eng muhim o‘zgarishlar:
Davlat jismoniy va yuridik shaxslarning depozitlarini 200 million so‘mgacha kafolatlaydi – jismoniy va yuridik shaxslarning omonatlari davlat tomonidan himoyalanadi;
Xalqaro tajriba:
Rossiya – $14,300 (186 mln so‘m)
Ukraina – $20,000 (260 mln so‘m)
Moldova – $10,700 (139 mln so‘m)
Belarus – $10,000 (130 mln so‘m)
Serbiya – $16,000 (208 mln so‘m)
Chexiya – $13,000 (169 mln so‘m)
Slovakiya – $14,000 (182 mln so‘m)
Litva – $15,000 (195 mln so‘m)
Estoniya – $18,000 (234 mln so‘m)
Bolgariya – $17,000 (221 mln so‘m)
Ruminiya – $15,500 (202 mln so‘m)
Yuridik shaxslar va tadbirkorlar uchun kafolat – ilgari faqat fuqarolarga tatbiq etilgan kafolat endilikda biznes uchun ham amal qiladi;
Omonatni qaytarish muddati 83 kundan 7 kungacha kamaytiriladi – 2026 yil 1 yanvardan 15 kun, 2027 yil 1 yanvardan esa 7 kun bo‘ladi;
Omonatlarni kafolatlash agentligi tashkil etildi – bank tizimidagi barqarorlikni taʼminlash uchun yangi institut ish boshlaydi;
99,7% omonatchilarning mablag‘lari to‘liq himoyalanadi – bu esa bankka ishonchni yana-da mustahkamlaydi!
Qo‘shimcha faktlar:
Jami depozitlar hajmi: 308,6 trln so‘m (2017 yilda 37 trln so‘m);
Jismoniy shaxslarning umumiy omonatlari: 122,5 trln so‘m;
200 mln so‘mgacha bo‘lgan omonatchilar ulushi: 99.7% (122.1 trillion so‘m)
200 mln so‘mdan ortiq omonatchilar ulushi: 0.4%.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22105 | Инструменты