Keyingi paytda mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarning roziligisiz, xabardorligisiz pullik SMS va xizmatlarga ularni avtomatik tarzda ulash holatlari ko‘plab kuzatilmoqda. Oqibatda fuqarolar hisobidan ularning roziligisiz mablag‘ yechib olinyapti. Shu bois, qo‘mitamiz pullik SMS va xizmatlarga avtomatik tarzda ulash holatlarining kelib chiqish sabablari va bunga shart-sharoit yaratayotgan omillarni dastlabki tarzda o‘rganib chiqdi.
Maʼlum bo‘ldiki, 2025 yil 1 yanvar holatiga mobil aloqa abonentlari soni 36 million nafardan ortgan. Bu abonentlarga yuqorida qayd etilgan pullik xizmatlar mobil aloqa operatorlari tomonidan emas, balki kontent provayderlar tomonidan ko‘rsatiladi va ularning soni hozirda 100 dan oshib ketgan. Aksariyat kontent provayderlarning xizmatlari telekommunikatsiya kompaniyalari bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalariga asosan ko‘rsatilmoqda.
Biroq, amalda bu shartnomalar uchun haq abonentning telefon raqamidagi hisob-raqamidan uning roziligisiz yechiladi. Eng qizig‘i, bir marotaba xizmatga ulanib qolgan abonentdan har kunlik, har oylik mablag‘lar asosiy hisobdan yechib olinmoqda.
Senat qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov
Alpha version: 0.9.1.19 build 90518 | Инструменты