Ozarbayjonning bosh axborot agentligining yozishicha, bugun Prezidenti Ilhom Aliyev bir qator hamyurtlarimizni "Dostlug" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekkan.
Unda Abduhoshim Ismoilov, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev, Toshkentdagi Ozarbayjon madaniy markazi faoli, sirdaryolik ozar shoir Ali Nosirlilar ikki davlat o'rtasidagi madaniy rishtalarni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgani munosabati bilan taqdirlanishdi.
Eslatib o'tamiz, bugun, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ham Ozarbayjonlik bir guruh faxriylarni mukofotladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41703 | Инструменты