Huawei 1
O'zbekiston va Sharja Amirligi oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi akademik aloqalar yanada mustahkamlanadi

O'zbekiston elchixonasi diplomatlari Sharja Amirligidagi oliy ta'lim muassasalari rahbariyati bilan uchrashuvlar o'tkazildi.

Sharja universiteti birinchi prorektori Salah Tahir al Haj bilan kechgan suhbatda O'zbekiston oliy ta'lim bilim yurtlari bilan akademik aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko'rib childi.

Salah Tahir al Haj Sharja universiteti O'zbekiston universitetlari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o'rnatishga tayyorligini bildirdi. Xususan, muhandis kadrlarni tayyorlash yo'nalishida o'zaro aloqalarni yo'lga qo'yish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

"Muhandislik fakulteti Sharja universitetidagi eng yirik kollej bo'lib, unda taxminan 3400 nafar talaba bakalavriat va magistratura dasturlarida tahsil oladi. Uning tarkibida sanoat muhandisligi va muhandislik boshqaruvi, elektrotexnika, qurilish va atrof-muhit muhandisligi, arxitektura, mexanika va yadro muhandisligi, barqaror va qayta tiklanadigan energiya muhandisligi kafedralari mavjud. Biz ushbu yo'nalishda Toshkent davlat texnika universiteti bilan akademik aloqalar o'rnatishga tayyormiz", dedi u.

BAA tomoni, shuningdek, joriy yilning 7-12-oktabr kunlari O'zbekistonga amalga oshirilishi rejalashtirilgan safar haqida ma'lumot berdi. Safar davomida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik universiteti faoliyati va ushbu muassasada saqlanayotgan nodir qo'lyozmalar bilan yaqindan tanishish rejalashtirilmoqda.  

Sharja Amirligidagi Arab tili akademiyasi Bosh direktori Muhammad Sofiy al Mustag'onimiy bilan muzokaralar chog'ida mazkur akademiyada o'zbekistonlik talabalar va o'qituvchilar uchun qisqa muddatli o'quv kurslarni tashkillashtirish, mazkur akademiyada tahsil olish uchun grantlar ajratish, arab tilini o'rganuvchilar uchun soddalashtirilgan o'quv dastur va darsliklarni taqdim qilish va boshqalar to'g'risida kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100522 | Инструменты