Joriy yil 29-oktyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Unda o‘n besh yoshga to‘lmagan shaxslar bilan ham qonuniy mehnat shartnomasini tuzishga yo‘l qo‘yilishi belgilandi.
Unga ko'ra, madaniy-tomosha tashkilotlarida, televideniye-radioda va boshqa OAVlarda, ota-ona roziligi bilan asarlarni yaratish va ijro etishda ishtirok etish uchun 15 yoshga to‘lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasi tuziladi.
Shuningdek, 15 yoshga to‘lgan bolalar qabul qilinishi mumkin bo‘lgan ish, kasb va lavozimlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Xodimning nomidan mehnat shartnomasini uning ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs imzolaydi. Vasiylik va homiylik organining ruxsatnomasida har kunlik ishning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan davomiyligi hamda ish bajarilishi mumkin bo‘lgan boshqa shartlar ko‘rsatiladi.
Eslatib o'tamiz, yangi qabul qilingan mehnat kodeksida yana o'zbekistonliklar uchun davlat bayramlari rasmiy dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, qo‘shimcha dam olish berilishi belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112315 | Инструменты