Prezident qaroriga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab:
- oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish "avval test, so‘ng tanlov" tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;
- umumtaʼlim fanlari bo‘yicha xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi. Bunda, tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi;
- yuqori salohiyatli akademik litseylar o‘quv dasturlari xalqaro dasturlar ("International Advanced Levels", "International Baccalaureate") asosida ishlab chiqiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122617 | Инструменты