O'zbekistonda 6 oyda 48 trln so‘mlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi
2022-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 48 trln so‘mlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning hajmida 39,4 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda o‘zlashtirilgan xorijiy investitiya va kreditlar hajmi quyidagicha:
— 2017-yilda – 17,1 trln so‘m
— 2018-yilda – 30,2 trln so‘m
— 2019-yilda – 85,4 trln so‘m
— 2020-yilda – 89,8 trln so‘m
— 2021-yilda – 101,4 trln so‘m
Avvalroq, Toshkent xalqaro investisiya forumida 7,8 mlrd dollarlik shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71911 | Инструменты