Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi G.N. fuqaro A.D.ning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni va 17 nafar talabani yakuniy imtihondan o‘tkazib berishini aytib, 18,3 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71822 | Инструменты