Huawei 1
O'zbekistonda abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 2022/2023- o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. Bu muddat 20-iyundan 20-iyulgacha (20 iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatga olish esa 10 iyulgacha (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Hujjatlar my.dtm.uz hamda my.gov.uz saytlari orqali qabul qilinadi.

Abituriyentlar fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5 tagacha OTM yo‘nalishlarini tanlashlari mumkin.

Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, o‘quv yilida OTM bakalavriatining kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

Kunduzgi ta’lim

Sirtqi ta’lim

Kechki ta’lim

Masofaviy ta’lim

Avvalroq ushbu o'quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlangani, OTMlarga qabul qachondan boshlanishi va magistraturaga yilda ikki martta hujjat topshirish mumkinligi haqda ham xabar bergan edik.

Izohlar: 53
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60422 | Инструменты