Davlat OTMlarga qabul 20-iyundan boshlanadi
2022-yil 16-iyun kuni AOKAda "Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish, professional ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha" matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda. Unda vazir Abduqodir Toshulov ham ishtirok etmoqda.
Prezidentning qarori bilan davlat OTMlariga qabul jarayoni Yagona portal va DTMning rasmiy veb-sayti orqali har yili 20-iyundan 20-iyulga (oxirgi kun ham) qadar onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Chet tili fanidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10-iyulga qadar amalga oshiriladi.
Shuningdek, bu yil abituriyentlarga 5 tagacha yo‘nalish bilan birga turli ta’lim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlashga ham ruxsat berilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты