O'zbekistonda oliy ta'lim muassasalari soni 130 taga yetdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 12 yanvardagi PQ-4942-son qaroriga muvofiq, Toshkent shahrida Sankt-Peterburg davlat universitetining filiali tashkil etildi. Natijada yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalari soni 130 taga yetdi.
Bugungi kunda respublikada 130 ta OTM faoliyati yo'lga qo'yilgan:
- davlat oliy ta'lim muassasalari – 96 ta;
- nodavlat oliy ta'lim muassasalari – 9 ta;
- xorijiy OTMlar va ularning filiallari – 25 ta.
Ushbu ro'yxatga harbiy va diniy OTMlar kiritilmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82723 | Инструменты