Huawei 1
O'zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali o‘zini-o‘zi resurslar bilan to‘liq ta’minlaydigan birinchi uy qurildi

BMTning Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida o‘zini-o‘zi qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali energiya resurslari bilan to‘liq ta’minlaydigan xonadon barpo etildi.

Bugun ushbu uyning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent viloyati hokimligi, Energetika vazirligi, Qurilish vazirligi, BMTTD va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur xonadonga 15 kVt quvvatga teng quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, xonadonni energiya resurslari bilan to‘liq ta’minlaydi.

Shuningdek, xonadonda issiq suv ta’minoti uchun 200 litrli quyosh suv isitish qurilmasi o‘rnatilgan.

Ahamiyatlisi, mazkur xonadon o‘z ehtiyojidan ortgan elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotib, qo‘shimcha daromad olish imkoniyati ham yaratildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20614 | Инструменты