Tokioga tashrifning birinchi kuni yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Akasaka saroyida Yaponiya Bosh vaziri nomidan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sharafiga o‘tkazilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi.
O‘zbekiston yetakchisini Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi kutib oldi.
Tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.
Davlatimiz rahbarining Yaponiya hukumati rahbari bilan muzokaralari hamda "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining birinchi sammiti doirasidagi asosiy tadbirlar ertaga, 20-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121919 | Инструменты