Huawei 1
O'zbekistonda yetishtirilgan o'rik va gilos Rossiyaning Sibir o'lkasi bozorlarini zabt etmoqda

Shu yilning 8-12-may kunlari O'zbekistonda yetishtirilgan yangi o'rik va gilos mevalarining birinchi partiyasi Rossiyaning Novosibirsk viloyatiga eksport qilindi. 

"NGS.ru" elektron portalining "Rosselxoznadzor" Sibir hududlararo boshqarmasi ma'lumotiga tayanib ma'lum qilishicha, O'zbekistondan keltirilgan meva va rezavorlar Novosibirsk do'konlari peshtaxtalariga qo'yilishidan oldin fitosanitariya nazoratidan muvaffaqiyatli o'tgan.

"Barcha meva va rezavorlar partiyalari majburiy hujjatlarga ega, ularning xavfsizligi fitosanitariya ekspertizasi xulosalari bilan tasdiqlangan", – deyiladi manbada.

Bugungi kunda Novosibirsk va Sibirning boshqa shaharlariga O'zbekistonda yetishtirilgan 167 tonna o'rik va 5,5 tonna gilos yetkazib berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51908 | Инструменты