O'zbekistonda yosh IT-mutaxassislarga iste’mol krediti ajratish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26-oktabridagi "Yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 617-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan amaldagi qonunchilikka yoshlar uchun kompyuter xarid qilish maqsadida iste’mol kreditlarini ajratish tartibini belgilovchi o‘zgartirishlarni kiritish nazarda tutilgan.

Bunda kompyuter xarid qilish uchun ajratiladigan iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravarigacha qismi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilinadi.

Tartibga ko‘ra:

- "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan, shuningdek IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan 31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxs nomidan uning vakili) tegishli sertifikat berilgandan boshlab 6 oy mobaynida istalgan davlat xizmatlari markaziga yoki YAIDXP orqali sertifikatni ilova qilgan holda murojaat etadi;

- Yoshlar ishlari agentligi 5 ish kuni ichida ko‘rsatilgan sertifikatni verifikasiyadan o‘tkazib, ma’lumotlar tasdiqlanganda kompensasiya to‘lab berish haqida ma’lumotnoma beradi va murojaatchilar ro‘yxatini avtomatik tarzda bankka taqdim etadi;

- AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATB kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqadilar va ular ma’qullangan taqdirda tegishli kompyuter texnikasini yetkazib beruvchilarga kompyuter qiymati summasini o‘tkazib beradilar. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40403 | Инструменты