Huawei 1
O'zbekistondagi talabalar uchun nomli stipendiyalar roʻyxati yangilandi

Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra farmon 2-bandiga quyidagi o‘zgarishlar kiritildi.

Barcha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari “aʼlo” (koʻpi bilan 25 foizi “yaxshi”) boʻlgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishida oʻqiyotgan oxirgi ikki kurs (keyingi oʻrinlarda — yuqori kurs) talabalari uchun quyidagi nomli davlat stipendiyalari taʼsis etildi: 

- texnika yoʻnalishlarida — Beruniy,
- tibbiyot yoʻnalishlarida — Ibn Sino,
- gumanitar yoʻnalishlarda — Navoiy,
- tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishlarida — Kamoliddin Behzod,
- tabiiy yoʻnalishlarda — Ulugʻbek,
- kinematografiya yoʻnalishida — Xudoybergan Devonov,
- tarix va geografiya yoʻnalishlarida — Bobur,
- jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlarida — Pahlavon Mahmud,
- Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida — Imom al-Buxoriy,
- Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarida — Toʻlepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov,
- shuningdek, barcha yoʻnalishlarda — Islom Karimov nomli.

Belgilandiki:

- Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Kamoliddin Behzod va Ulugʻbek nomli davlat stipendiyalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori kurslarning har ming nafar talabasiga bittadan;

- Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining uch nafar yuqori kurs talabasiga;

- Xudoybergan Devonov nomli davlat stipendiyasi kinematografiya sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy taʼlimmuassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;

- Bobur nomli davlat stipendiyasi tarix va geografiya yoʻnalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy taʼlimmuassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;

- Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy taʼlim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;

- Toʻlepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi har bir oliy taʼlim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;

- Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi har bir oliy taʼlim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga tayinlanadi”.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80402 | Инструменты