O'zbekistondagi umumta’lim muassasalarida yuqori tezlikka ega internet tarif rejasi joriy qilinadi
Prezident farmoniga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, 2024-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlarida “New Education” tarif rejasi joriy etiladi;
Bunda:
- taʼlim muassasalaridagi bolalar sonidan kelib chiqib, “ New Education” tarif rejasi internet tezligi hajmlari belgilanadi;
- taʼlim muassasalarida 400 nafargacha oʻquvchisi boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Internet tezligi kamida 40 Mbit/s, oʻquvchilar soni 400 nafardan koʻp boʻlganlarda – kamida 100 Mbit/s boʻladi;
“New Education” tarif rejasining har bir tezlikdagi paketi uchun har oylik abonent toʻlovi miqdorlarini belgilash va bunda taʼlim tashkilotlari tomonidan internet xizmatlaridan tungi vaqtda foydalanilmasligi inobatga olinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60601 | Инструменты