Huawei 1
O'zbekistonlik shaxmatchilar SHHT davlatlari ichida eng kuchlisi deb topildi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo mamlakatlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “2021 SCO National Chess Online Team Tournament” onlayn xalqaro turniri tashkil etildi. Musobaqada sportchilar jamoviy tarzda g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

Turnir aylanma tizimda o‘tkazildi va unda 9 mamlakat - O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Belarus, Mo‘g‘uliston, Qirg‘izistondan jami 10 ta jamoa ishtirok etdi.

Unda mamlakatimizdan uch nafar grossmeyster – Nodirbek Abdusattorov, Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Yoqubboyev himoya qilishdi.

Ular umumiy 9 ta o‘yindan 7 tasida g‘alaba qozonishib, 2 tasida raqib bilan murosa yo‘lini tanlashdi.

Vakillarimiz umumiy 20 ochko to‘plashgan holda SHHT mamlakatlari orasida eng kuchlisi ekanliklarini isbotlashdi. Musobaqada ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Xitoyning ikki jamoasi egallashdi. To‘rtinchi o‘rinni rossiyaliklar 14,5 ochko bilan qo‘lga kiritishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga