O'zbekistonning 2 ta hududida "prava" olib berish bilan bog'liq navbatdagi firibgarliklar fosh etildi

Navoiy shahrida fuqarolar H.Q., D.A. fuqaro N.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga, 300 ming so‘mni D.A.ning plastik kartasiga o‘tkazib, 400 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Qashqadaryo viloyatida fuqaro R.M. fuqaro M.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40403 | Инструменты