Huawei 1
O'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar qo'llab-quvvatlanadi

“O'zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Prezident qarori (PQ-171-son, 08.05.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-iyundan o'zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi.

Dastur doirasida quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar ko'rsatilishi yo'lga qo'yiladi:

- uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko'rsatish xizmati;

- uy sharoitida qarab turish xizmati;

- tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya xizmati;

- kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;

- shaxsiy yordamchi xizmati.

Dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismi vaucher asosida qoplab beriladi.

Vaucher qiymati Hukumat tomonidan belgilangan miqdorda subsidiya shaklida to'lanadi.

Vaucher berish va uning qiymatini to'lash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Oila hamkori” platformasi orqali amalga oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70204 | Инструменты