O'zini o'zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo'lgan yoshlarga 10 mln 800 ming so'mgacha subsidiya ajratiladi
Tadbirkorlik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravari (10 mln 800 ming so'm)gacha miqdorda subsidiya ajratiladi.
Ushbu subsidiyaga tadbirkorlar motokultivatorlar, o‘t o‘rish o‘roq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, o‘simliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik, qurilish uskunalari, kompyuter jamlanmasi va boshqa narsalarni xarid qilib, o'z faoliyatini boshlashi mumkin.
Subsidiya olish uchun tadbirkorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- Vasiylik kengashi raisi nomiga ariza;
- tadbirkorlik sub’yekti guvohnomasi yoki o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi matrisali shtrix kod (QR-kod);
- asbob-uskuna, mehnat qurollarining turi, miqdori, tovarning markasi, taxminiy xarid narxi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80217 | Инструменты