"Pandemiya O'zbekistonni to'xtata olmadi" — Sardor Umurzakov Italiya gazetasiga intervyu berdi

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzayeov Corriere della Sera (Italiya) gazetasiga intervyu berdi. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Intervyu gazetada «COVID VA IQTISODIY O'SISH O'RTASIDAGI O'ZBEKISTON» nomi bilan chop etilgan bo'lib, intervyuni Farian Sabaxi olgan.

Bosh vazir o'rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov intervyuda O'zbekiston pandemiyaga qanday qarshi kurashayotganini tushuntirib berdi.

«Pandemiya O'zbekistonni to'xtata olmadi: biz xavfsizlik choralarini ko'rgan holda ishlab chiqarish va eksportni tezda tiklashga muvaffaq bo'ldik. Moliya vazirligi virusga qarshi kurashish, aholi va biznesni qo'llab-quvvatlash uchun 950 million yevro miqdorida Inqirozga qarshi jamg'arma tashkil etdi. Shu bilan birga, biznesga 4 milliard yevro miqdorida yordam ko'rsatish bo'yicha choralar to'plami qabul qilindi».

Intervyuning to'liq matni bilan mana bu havola orqali tanishish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40512 | Инструменты