Huawei 1
Pensiya miqdorini hisoblash tartibi o'zgarishi kutilmoqda

Joriy yilning 25-iyun kuni Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zolari yig’ilish o’tkazdi. Unda “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga o’zgartirishlar kiritish haqida dastlabki muzokaralar bo’lib o’tdi.

Ma’lum bo’lishicha, pensiya pulini hisoblash uchun o‘rtacha ish haqi bazaviy miqdori 10 barobaridan 12 barobarigacha oshirilishi nazarda tutilmoqda.

Taklif etilayotgan ushbu tartib pensionerlarning daromadini oshirish, pensiyalar miqdori bilan ish haqi o‘rtasidagi tafovutni kamaytirishga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80212 | Инструменты