Vazirlar Mahkamasining qarori bilan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularning ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Hujjat "Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishni yana-da kuchaytirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni ijro etish, shuningdek fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida qabul qilindi.
Bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagilarga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:
- pensiyalarni tayinlash va to‘lash tartib-taomillarini raqamlashtirish hisobiga ortiqcha byurokratik yukni bartaraf etish;
- pensiya tayinlanganligi to‘g‘risidagi qog‘oz maʼlumotnomani berish bekor qilinishi munosabati bilan maʼlumotlarni maxsus axborot tizimi orqali elektron tarzda shakllantirish;
- tovar va xizmatlar isteʼmol narxlari indeksi darajasini hisobga olgan holda pensiyalarni indeksatsiya qilish;
- maʼmuriy islohot asosida vazirlik va idoralar nomlari hamda majburiyatlariga o‘zgartirishlar kiritish.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110604 | Инструменты