Raqobat qo‘mitasi Toshkent shahridagi pulli “parkovla"larni Poytaxt Parking brendi ostida boshqaruvchi Streetpark Systems kompaniyasini ustun muzokara kuchiga ega deb topdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniya 22-dekabrdan boshlab umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridagi pulli to‘xtab turish joylaridan foydalanish huquqini beruvchi xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha ustun muzokara kuchiga ega hisoblanadi.
“Raqobat to‘g‘risidagi” qonunning 18-moddasiga ko‘ra, ustun muzokara kuchiga ega deb eʼtirof etilgan xo‘jalik yurituvchilarning raqobatni cheklashga, iste’molchilar va boshqa xo‘jalik yurituvchilarning huquq va manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlari taqiqlanadi. Jumladan:
Alpha version: 0.9.1.19 build 122917 | Инструменты