Huawei 1
Poytaxtda "Matiz" yonib ketdi

2024-yilning 13-mart kuni Mirobod tumani Amir Temur  ko'chasi 33-uy qarshisida soat 08:00 larda, haydovchi 1993-yilda tugʼilgan N.A.ga tegishli "Matiz" rusumli transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir boʼlganligi oqibatida, yong'in kelib chiqqan.

Yong'in oʼt o'chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yongʼin natijasida tan jarohati olganlar yo'q.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʼin yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60602 | Инструменты